Hakan Fidan NATO tashqi ishlar vazirlari sammitida ishtirok etadi

NATO Tashqi ishlar vazirlari 3-4 aprel kunlari Belgiya poytaxti Bryusselda 2024 yilning birinchi yig'ilishini o'tkazadi.

2123497
Hakan Fidan NATO tashqi ishlar vazirlari sammitida ishtirok etadi

 

Turkiya NATO sammitida terrorga qarshi kurashni kun tartibiga olib chiqadi.

NATO Tashqi ishlar vazirlari 3-4 aprel kunlari Belgiya poytaxti Bryusselda 2024 yilning birinchi yig'ilishini o'tkazadi.

Yig'ilishda Turkiyadan tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ishtirok etadi.

Terrorizmga qarshi kurash va Ukrainadagi o'zgarishlar yig'ilish kun tartibidan joy olgan.

Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zo bo'lishi ortidan Ittifoqning bugungi holati va Vashington sammitiga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilinadi.

Yig'ilishda Hakan Fidan, NATO terrorizmga qarshi birgalikda kurashishi kerakligini, bu NATOning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta'kidlaydi.

Shuningdek, NATOga a'zo ba'zi davlatlarning terror tashkiloti PKK bilan sheriklik munosabatlariga kirishishiga ko'z yumib bo'lmasligi tilga olinadi.

Hakan Fidan, shuningdek, ittifoqchilarning mudofaa sanoati sohasida bir-birlariga sanksiya va cheklov joriy qilishlari ittifoq ruhiga zid ekanligini ifoda etib, Yevropaning mudofaa va xavfsizligini samarali ta'minlash borasida Turkiyaning fikrlarini yetkazadi.

Yig'ilish doirasida vazir Hakan Fidanning Britaniya, Germaniya, Bolgariya va Finlyandiya TIV rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazishi rejalashtirilgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #NATO , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar