Prezident Erdo‘g‘an Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlariga to‘xtaldi

Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi - Prezident Erdo‘g‘an, partiyasining Bursada uyushtirilgan mitingida so‘zlagan nutqida, Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlariga to‘xtaldi.

2121670
Prezident Erdo‘g‘an Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlariga to‘xtaldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an G‘azoda musulmonlar qoni oqayotgani va buni ko‘rmaslikka olayotganlar borligini ifoda etib, ertangi kuni Turkiyaning boshiga shunga o‘xshash falokat kelgudek bo‘lsa ularning yana xuddi shunday munosabatda bo‘lishni davom etishlarini qayd etdi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi - Prezident Erdo‘g‘an, partiyasining Bursada uyushtirilgan mitingida so‘zlagan nutqida, Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlariga to‘xtaldi.

Unda G‘azoda musulmonlar qoni oqayotgani va buni ko‘rmaslikka olayotganlar borligini ifoda etib, ertangi kuni Turkiyaning boshiga shunga o‘xshash falokat kelgudek bo‘lsa ularning yana xuddi shunday munosabatda bo‘lishni davom etishlarini qayd etgan Erdo‘g‘an:

“Aslida biz buni boshdan kechirdik. Rossiya bilan kelishmovchilik yuz bergan va terror tashkilotlari chegaramizgacha yetib kelgan bir paytda gʻarb davlatlari, janubdagi shaharlarimizda joylashgan havo hujumidan mudofaa qilish tizimlarini olib ketgan edilar. Ana shu muammolarni o‘z kuchimiz, imkonimiz va kurashimiz ila hal qildik”, - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an, ba’zi davlatlarning ishonch va barqarorlik muhitini buzish uchun yillar davomida Turkiyada kuchi yetgan har qatlamni gijgijlashga va harakatlandirishga uringanliklarini bildirdi.

Prezident shuningdek:

“Bu tuproqlarni vatanga aylantirish uchun katta kurash olib bordik. Endi esa buni saqlab qolish uchun ham kurashimizni davom ettirishga majburmiz. Aks holda bir asr oldin bo‘lganidek bizni bu tuproqlardan qirib tashlash borasida hech ikkilanmaydilar”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar