AQSh delegatsiyasi ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler AQSh delegatsiyasi bilan "F-16" qiruvchi samolyotini xarid qilish jarayonini muhokama qiladi.

2121583
AQSh delegatsiyasi ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

 

AQSh Kongressi vakillar palatasining qurolli kuchlar qo'mitasi delegatsiyasi ertaga, 29 mart kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler AQSh delegatsiyasi bilan "F-16" qiruvchi samolyotini xarid qilish jarayonini muhokama qiladi.

"Janob vazirimiz Yashar Guler ertaga vazirlik qarorgohida AQSh Kongressi Vakillar Palatasining Qurolli kuchlar qo'mitasidan to'rt nafar vakilni qabul qiladi. Yig'ilish, ikki tomonlama harbiy aloqalarimiz kun tartibida bo'lgan terrorizmga qarshi kurash va AQShning PKK/YPGni qo’llab-quvvatlashi, F-16 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish va modernizatsiya qilish jarayoni kabi mavzular muhokama qilinadi",- deyiladi bayonotda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar