Turkiya G'azoga yana 2960 tonna gumanitar yordam yubormoqda

Vaqflar Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan 8-gumanitar yordam kemasi bugun, 28 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da Mersin portidan jo'nab ketadi.

2121403
Turkiya G'azoga yana 2960 tonna gumanitar yordam yubormoqda

 

Turkiyaning 8-gumanitar yordam kemasi Mersin portidan G'azoga tomon yo'lga chiqmoqda.

Tabiiy ofat va Favqulodda Vaziyat Boshqaruvi (AFAD) tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Turkiya G'azo sektoridagi tinch aholiga gumanitar yordam yetkazib berishni davom ettirmoqda.

Vaqflar Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan 8-gumanitar yordam kemasi bugun, 28 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da Mersin portidan jo'nab ketadi.

Kemada G'azo xalqi uchun 2 ming 960 tonna gumanitar yordam o'rin olgan.

Turkiya shu kungacha Isroil hujumlari boshlangan 7 oktyabrdan buyon 13 ta samolyot va 7 ta kemada G'azo sektori aholisiga gumanitar yordam yubordi.


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar