Somali Turkiyani "o'zgarmas ittifoqdosh" deb atadi

Somali bosh vaziri Hamza Abdi Barre Turkiyaning Mogadishuga elchisi etib tayinlangan Alper Aktashni qabul qildi. U suhbat chog'ida ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarga urg'u berdi.

2121377
Somali Turkiyani "o'zgarmas ittifoqdosh" deb atadi

 

Somali bosh vaziri Hamza Abdi Barre Turkiya Respublikasini "o'zgarmas ittifoqdosh" deb atadi.

Bu haqda Somali axborot agentligi SONNA xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, Abdi Barre Turkiyaning Mogadishuga elchisi etib tayinlangan Alper Aktashni qabul qildi. U suhbat chog'ida ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarga urg'u berdi.

Somalining Turkiya bilan qardoshlik va hamkorlik bo'yicha chuqur tarixga ega ekanini ta’kidlagan Barre, “Turkiya bizning doimiy ittifoqdoshimiz” dedi. 

Bosh vazir Barre, elchi Aktashni yangi lavozimi bilan tabrikladi va Somalini qiyin paytlarida qo'llab-quvvatlagan Turkiya mamlakatdagi turli taraqqiyot loyihalariga katta hissa qo'shganiga e'tibor qaratdi.

Elchi Aktash munosabatlarni mustahkamlashda bor kuchini safarbar etishini bildirib, Somali hukumati va xalqi tomonidan ko'rsatilgan samimiy mehmondo'stlikdan mamnunligini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Somali

Aloqador xabarlar