Istanbuldagi Otaturk aeroporti o‘rnida dunyodagi eng katta texnopark ochiladi

Texnoparkda innovasion loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirishga yordam beradigan zamonaviy ofis xonalari, inkubasiya markazlari, akselerasiya dasturlari, kovorking maydonlari va tadqiqot laborator

2116952
Istanbuldagi Otaturk aeroporti o‘rnida dunyodagi eng katta texnopark ochiladi

 

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan sobiq Otaturk aeroporti terminali hududida dunyodagi eng katta texnopark ochilishi kutilmoqda. 138,6 ming kv m maydonda joylashgan texnologiya parki 25 ming kishini ish bilan ta’minlab, 2000 texnologiya tadbirkorlariga xizmat ko'rsatadi.

Shu bilan birga, Istanbulning 39 tumanida yaratiladigan yangi umumiy ofislar inkubasiya markazlariga aylanadi. “Terminal Istanbul” esa ularning asosiy boshqaruv markaziga aylanadi. Bu yerda IT-sanoat ofisi ham joylashadi.

Texnoparkda innovasion loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirishga yordam beradigan zamonaviy ofis xonalari, inkubasiya markazlari, akselerasiya dasturlari, kovorking maydonlari va tadqiqot laboratoriyalari bo‘ladi.

Bu yerda texnologiya ustaxonalari, tadqiqot markazlari, dasturiy ta’minot maktablari va bolalar universiteti ham ochiladi. Jumladan, o‘ta iqtidorli o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari 2700 kv m maydondagi Deneyap texnologik ustaxonada saboq olishadi.

3200 kv m maydonni egallagan dasturiy ta’minot maktablarida esa 18 yoshdan oshgan yoshlar yangi avlod dasturiy ta’minoti bilan ishlash bo‘yicha bepul o‘qitiladi.

Bolalar universiteti uchun 2700 kv m maydon ajratilgan bo‘lib, unda maxsus ta’lim muhiti yaratiladi va 10-13 yoshli ming nafar bola fan va texnika sohasida amaliy nazariy bilim olishi mumkin bo‘ladi.

Texnopark Istanbulning yangi diqqatga sazovor joylaridan biriga, ijtimoiy integrasiya va IT-sanoat zonasiga aylanadi. Shuningdek, texnoparkning bilim va fikr almashish uchun muhim maydon bo‘lishi kutilmoqda. Unda olimlar, muhandislar, tadbirkorlar va talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, innovasiyalar uchun qulay muhit yaratiladi.

Innovasion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun sun’iy intellekt, ma’lumotlar markazlari va bulutli texnologiyalar kabi ilg‘or texnologiyalardan faol foydalaniladi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul

Aloqador xabarlar