Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan vayron bo'lgan G'azoning yashash uchun yaroqsiz ekanligini aytdi

Vazir Fidan, Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari 9-uchrashuviga qatnashish uchun Ozarbayjonning poytaxti Bakuda bo'ldi.

2116209
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan vayron bo'lgan G'azoning yashash uchun yaroqsiz ekanligini aytdi

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan vayron bo'lgan G'azoning yashash uchun yaroqsiz ekanligini aytdi.

Vazir Fidan, Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari 9-uchrashuviga qatnashish uchun Ozarbayjonning poytaxti Bakuda bo'ldi.

  U “Buzilgan dunyoni tuzatish” mavzusida o'tkazilgan 11-Global Boku forumida ishtirokchilarga murojaat qilib, Isroilning G'azoga hujumlariga to'xtaldi.

Oktyabr oyida u Islom hamkorlik tashkilotidagi (IHT) hamkasblariga boshqalarning muammolarini hal qilishini kutish o‘rniga aʼzo davlatlarning bu safar bu masalani oʻzlari hal qilishlari kerakligini taʼkidlagan Fidan, “Aks holda Isroil, bundan ham shafqatsiz zulm qilish orqali bu zulmni unuttiradi.

IHT va Arab Ligasining navbatdan tashqari sammitida tashkil etilgan Aloqa guruhining kuchi tufayli xalqaro hamjamiyatning mutlaq ko‘pchiligi hozir zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda.

“To’siqsiz insonparvarlik yordami va ikki davlatli yechim” tarafdori ekanini ifoda etgan Fidan, intensiv diplomatik harakatlar Isroilning G’azodagi urush jinoyatlarini to’xtata olmaganini aytdi. Uning ma'lum qilishicha, bugungi kungacha G'azoda "31 mingdan ortiq shahid" bor, ularning aksariyati ayollar, bolalar va keksalardir.

Vazir Fidan, "G'azo endi vayron bo'lgan va asosan yashash uchun yaroqsiz" dedi.

Hakan Fidan, insonparvarlik yordamlarining Rafah chegara eshigida qamal qilinishining Isroil va uning tarafdorlari manfaatlariga xizmat qilganini ta'kidladi. Fidan, 1967-yildan oldingi chegaralarga asoslangan to‘la huquqli Falastin davlati bilan ikki davlat yechimi amalga oshirilmaguncha bu muammoni hal qilib bo‘lmasligini bildirdi. U o‘tmishda Isroil ikki davlat qarashiga amal qilmagani uchun yakuniy yechimga kelishning imkoni bo‘lmaganini, shuning uchun bu safar kafillik mexanizmi taklifini ko‘targanliklarini eslatdi.

 


Tanlangan kalimalar: #11-Global Boku forumi , #G'azo , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar