Yashar Guler Iroq chegarasida tekshiruv o‘tkazdi

Yashar Guler, o‘rinbosari Shuay Alpay bilan Shirnakda.

2114924
Yashar Guler Iroq chegarasida tekshiruv o‘tkazdi

Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler Iroq chegarasida tekshiruv o‘tkazdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida ijtimoiy tarmoq hisobi orqali berilgan bayonotda, Yashar Gulerning o‘rinbosari Shuay Alpay bilan Shirnakga borgani bildirildi.

«Sherafettin Elchi» aeroportida kutib olingan Yashar Guler va hamrohligidagi Shuay Alpay, vertolyot orqali 23 - piyodalar diviziyasi qo‘mondonligida tekshiruv ishlari amalga oshirdi.

Iroq shimolida davom etayotgan amaliyotlar bilan bog‘liq oxirgi vaziyat haqida ma’lumot olgan Guler, mintaqada olib boriluvchi ishlar ustidan ko‘rsatmalar ham bergani qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Shirnak , #Iroq chegarasi , #Yashar Guler

Aloqador xabarlar