Hakan Fidan AQShga tashrif uyushtiradi

Hakan Fidan, Entoni Blinkenning taklifiga binoan AQShga tashrif uyushtiradi.

2111452
Hakan Fidan AQShga tashrif uyushtiradi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning taklifiga binoan 7 - 8 mart kunlari rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ladi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Fidanning tashrifi chog‘ida o‘tkaziladigan navbatdagi Turkiya - AQSh Strategik mexanizm yig‘ilishi doirasida tomonlar tegishli muassasalarning vakillari ishtirokida keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlik sohalarini batafsil muhokama qiladi.

Unda tomonlar, muhim xalqaro va mintaqaviy voqealar yuzasidan keng qamrovli muloqot o‘tkazadilar.

Fidanning Vashingtonga bo‘lgan tashrifi chog‘ida AQSh Senati a’zolari hamda AQSh Prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan uchrashishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #AQSh , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar