Belgradda turk tili kurslariga qatnagan universitet talabalariga sertifikat marosimi o'tkazildi

Serbiyaning poytaxti Belgradda turk tili kurslariga qatnagan universitet talabalariga sertifikat topshirish marosimi o'tkazildi.

2111159
Belgradda turk tili kurslariga qatnagan universitet talabalariga sertifikat marosimi o'tkazildi

 

Serbiyaning poytaxti Belgradda turk tili kurslariga qatnagan universitet talabalariga sertifikat topshirish marosimi o'tkazildi.

Turkiyaning Belgraddagi elchixonasi ta'lim bo'yicha maslahatchisi tomonidan tashkil etilgan

Belgrad universiteti Siyosiy fanlar fakultetining A1 va A2 darajasidagi turk tili kurslarida qatnashgan talabalarga sertifikatlar topshirildi.

Talabalarni Turkiyaning Belgraddagi elchixonasi binosida elchi Hami Aksoy mehmon qildi.

Akso’y bu yerda qilgan nutqida Serbiyada turkchaga ayniqsa yoshlar orasida katta qiziqish borligini aytdi.

Elchi Akso’y Yunus Emre Instituti (YEE) tomonidan ochilgan turk tili kurslarida hozirgacha 4 mingdan ortiq talaba ta’lim olganini ma’lum qildi.

"Belgrad universitetida turkologiya bo'limi mavjud. Shuningdek, Yangi Pazarda turk tili darslarimiz davom etmoqda, Turkiyadan o'qituvchilar keladi, “Aytishim mumkinki, biz turk tili darslarini aql bovar qilmaydigan shiddat bilan beramiz.

Akso’y Serbiyada turk seriallari juda ko'p tomosha qilinayotganini va buning turk tiliga bo'lgan qiziqishni oshirayotganini qayd etdi.

"Har bir uyda turk seriallari tomosha qilinadi va bular Turkiyaning yumshoq kuchiga aylandi. Nafaqat Bolqon geografiyasida, balki Janubiy Amerikada ham  Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqda juda intensiv tomosha qilinadi. “Menimcha, biz teleseriallar eksporti bo‘yicha ikkinchi o‘rindamiz va albatta bundan juda xursandmiz”.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kurs , #Turkcha , #Sebiya

Aloqador xabarlar