Erdo‘g‘an Gretsiya Bosh vazirini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Kecha, 4 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
2110817
Kecha, 4 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda Turkiya prezidentining ma'muriyatidagi manbalar xabar qildi.
Erdo‘g‘an Mitsotakisni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sog‘liq, tinchlik va muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va Gretsiya bilan Turkiya o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.