Hakan Fidan: Falastinni kuchli ravishda qo‘llab – quvvatlash jarayoni davom etadi

Hakan Fidan III Antaliya Diplomatik forumi doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

2110174
Hakan Fidan: Falastinni kuchli ravishda qo‘llab – quvvatlash jarayoni davom etadi
gezeravci-fidan.jpg
hakan fidan antalya.jpg
filistin riyad maliki-fidan.jpg

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan III Antaliya Diplomatik forumi doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Hakan Fidan O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Serbiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich, Malayziya oliy ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va Shimoliy Makedoniya Tashqi Ishlar vaziri Bujar O‘smoniy bilan uchrashdi.

Fidan Falastin Tashqi Ishlar vaziri Riyod al - Malikiy bilan ham uchrashdi.

Unda, Turkiyaning Falastinni kuchli ravishda qo‘llab – quvvatlash jarayoni davom etishi ifoda etildi.

Isroil hujumlarini zudlik bilan to‘xtatishi va sulh e’lon qilinishi kerakligini ta’kidlagan Fidan, qabul qilingan xalqaro parametrlarga munosib tarzda muammoni ikki davlat asosida hal qilishdan boshqa yo‘lning qabul qilinmasligini bildirdi.

Fidan, insonparvarlik yordamlarining uzluksiz yetkazib berilishining ahamiyatiga to‘xtaldi.

Hakan Fidan shuningdek Namibiya xalqaro aloqalar va hamkorlik vaziri Peya Mushelenga, Kosovo Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar va diaspora vaziri Donika Gervalla – Schvars, Senegal Tashqi Ishlar vaziri Ismaila Madior Fall, Moldova Tashqi Ishlar vaziri Mihai Popshoi, Chernogoriya Tashqi Ishlar vaziri Filip Ivanovich va Burkina - Faso Tashqi ishlar, mintaqaviy hamkorlik va xorijdagi burkiniyaliklar vaziri Karamoko Jean - Marie Traore bilan uchrashdi.

Kun davomida turli majlislarda ishtirok etgan va hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazgan Fidan, forum doirasida uyushtirilgan ziyofatda “Tanini trio”ning konsertini tingladi.

Ziyofat chog‘ida ayrim davlat rahbarlari va vazirlar ham ishtirok etdi. Fidan konsertdan keyin forumga tashrif buyurgan talabalar bilan suhbatlashdi.

Hakan Fidan keyin esa ADF hududidagi stendlarga ham uchradi.

Tashqi Ishlar vaziri Fidan shuningdek, Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravji bilan ham suhbatlashib, ortidan, Turkiyaning mahalliy va milliy avtomobili Toggni ko‘zdan kechirdi.

 



Aloqador xabarlar