Turkiya Suriya shimolida “terroriston” qurilishiga yoʻl qoʻymaydi

Prezident - Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi Erdo‘g‘an, partiyasining Manisada uyushtirilgan mitingida xalqqa xitob etdi.

2108600
Turkiya Suriya shimolida “terroriston” qurilishiga yoʻl qoʻymaydi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, o‘tgan 21 - yil ichida erishilgan demokratiya va taraqqiyot yutuqlarini Turkiya asrining infratuzilmasi sifatida qabul qilganliklarini bildirdi.

Prezident - Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi Erdo‘g‘an, partiyasining Manisada uyushtirilgan mitingida xalqqa xitob etdi.

Unda, “O‘tgan 21 - yil ichida erishilgan demokratiya va taraqqiyot yutuqlarini Turkiya asrining infratuzilmasi sifatida qabul qilmoqdamiz”, - degan Erdo‘g‘an, birlik va hamjihatlikning ahamiyatiga to‘xtaldi.

Turkiya iqtisodiyotini o‘tgan 21 yil ichida 3 barobardan ortiq o‘stirganliklari va sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda savdoni global raqobatga tayyorlaganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an, xuddi shunday muvaffaqiyatni kelgusi davrda ham davom ettirishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Mamlakatda va mamlakat tashqarisida terrorizmga qarshi samarali kurash olib borganliklarini ifoda etgan Prezident, Suriya shimolida esa “terroriston” qurilishiga yoʻl qoʻymasliklarini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar