Erdoʻgʻan bilan Edi Rama matbuot anjumani uyushtirdi

Erdoʻgʻan, rasmiy tashrif bilan kecha poytaxt Anqaraga kelgan Albaniya Bosh vaziri Edi Rama bilan matbuot anjumani uyushtirdi.

2105433
Erdoʻgʻan bilan Edi Rama matbuot anjumani uyushtirdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, “Turkiya bilan Albaniya, Bolqon yarimorolida tinchlik va barqarorlikni saqlashga hissa qo‘shgan NATO tarkibidagi ikki ittifoq davlatdir. Albaniya orqali Bolqon yarimoroli bilan bo‘lgan muloqotimizni faol ravishda davom ettiramiz”, - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan kecha poytaxt Anqaraga kelgan Albaniya Bosh vaziri Edi Rama bilan prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan Turkiya - Albaniya Oliy darajali hamkorlik kengashining birinchi yig’ilishi va ikki davlat o‘rtasidagi shartnomalarga qo‘l qo‘yish marosimida ishtirok etib, ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdilar.

Mazkur anjumanda nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an, Bosh vazir Rama bilan mintaqa va dunyodagi oxirgi vaziyatlar ustidan fikr almashganliklarini ifoda etib:

“Turkiya bilan Albaniya, Bolqon yarimorolida tinchlik va barqarorlikni saqlashga hissa qo‘shgan NATO tarkibidagi ikki ittifoq davlatdir. Albaniya orqali Bolqon yarimoroli bilan bo‘lgan muloqotimizni faol ravishda davom ettiramiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Albaniya bilan mudofaa sanoati va harbiy sohada yaqin hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida ekanliklarini bildirgan Erdo‘g‘an, harbiy sohada imzolangan doiraviy bitim bu irodaning eng aniq ifodasi ekanini qayd etdi.

Edi Rama, Isroilning Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlariga toʻxtalib, bu haqida:

“Oʻq uzishni toʻxtatish vaqti keldi. Garovga olinganlar ozod qilinishi kerak. Turkiya ertangi kun xavfsizligini ta’minlovchi, ayniqsa Gʻazo va Isroil masalasida muhim davlatdir”, - deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar