Saudiya taraqqiyot jamg'armasi Turkiya bilan kredit shartnomasini imzoladi

Ushbu kredit "Davlat maktablarida zilzila xavfini kamaytirish loyihasi" doirasida foydalanishga mo'ljallangan.

2105560
Saudiya taraqqiyot jamg'armasi Turkiya bilan kredit shartnomasini imzoladi

 

Saudiya Arabistoni Taraqqiyot Jamg'armasi Turkiya bilan 55 million dollarlik yangi kredit shartnomasini imzoladi.

Ushbu kredit "Davlat maktablarida zilzila xavfini kamaytirish loyihasi" doirasida foydalanishga mo'ljallangan.

Qayd etilishicha, ushbu shartnoma Istanbulda bo'lib o'tgan Turkiya-Saudiya Arabistoni investitsiya va biznes forumida imzolangan. Shartnoma doirasida olinadigan kredit hisobidan 55 ming kvadrat metr maydonga ega 5 ta davlat maktabi reabilitatsiya qilinadi.

Loyihadan maqsad eski maktablarni zilzilalar oqibatida yuzaga keladigan talofatlardan himoya qilishdir. Shu nuqtai nazardan, maktablarga zarur jihoz va resurslar ajratilib, ta’lim sifati va samaradorligining oshirilishi ta’minlanadi.

Saudiya Arabistoni Taraqqiyot Jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha Jamg'armaning Turkiya bilan normal hamkorligini rivojlantirishda yangi bosqichni ifodalaydi.

Loyiha talabalarga sifatli ta’lim berish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishga qaratilgan.

Loyiha, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga, jumladan, “Sifatli ta’lim” maqsadiga erishishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Turkiyada ta'lim sektorini qo'llab-quvvatlash va mamlakatning jahon darajasidagi ta'lim berish maqsadini kuchaytirishni maqsad qilgan Saudiya Arabistoni Taraqqiyot Jamg'armasi, Turkiyada so'nggi 40 yil ichida ta'lim, energiya, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi kabi sohalarda qiymati 300 million dollardan ortiq bo'lgan 9 ta rivojlanish loyihasi va dasturini moliyalashtirdi. 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar