Turkiya o‘zining jangovar lazer qurollarini ishlab chiqmoqda

"ALKA" lazer quroli Turkiya Prezidenti ma’muriyati huzuridagi Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbarligida ishlab chiqilmoqda.

2104733
Turkiya o‘zining jangovar lazer qurollarini ishlab chiqmoqda

 

Turk mudofaa kompaniyasi – Roketsan o‘zining "ALKA" yo‘naltirilgan energiya quroli tizimini ishlab chiqmoqda.

Bu haqda Innovatsion tizimlar departamentining ilg‘or tizimlar bo‘yicha menejeri Sayit Tunchning intervyusiga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, "ALKA" lazer quroli Turkiya Prezidenti ma’muriyati huzuridagi Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbarligida ishlab chiqilgan. Tunchning so‘zlariga ko‘ra, “ALKA” gibrid havo mudofaa tizimi bo‘lib, u assimetrik tahdidlarga qarshi turish uchun elektromagnit va lazer texnologiyalaridan foydalanadi.

"Yangi qurol sun’iy intellekt yordamida yaratilgan innovatsion qurol tizimi", deb tushuntirdi Tunch.

Jumladan, "METE" mini-raketasi ham havo, dengiz va quruqlikdagi dronlar uchun kichik o‘lchamli lazer yordamida boshqariladigan o‘q-dorilardir. Shuningdek, METE kompaniyaning yana bir innovatsion mahsuloti bo‘lib, dunyodagi eng kichik raketa hisoblanadi. "METE" 40 mm kalibrli, uzunligi 50 sm ni tashkil etadi, deyiladi xabarda.
Roketsan kompaniyasi bosh direktori Murat Ikinjining ifodalashicha, raqobatbardosh, foydalanish oson va yuqori aniqlikdagi mahsulotlarni ishlab chiqish orqali jahon bozorida yetakchi o‘rinni egallash maqsadida sun’iy intellektga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. U kompaniyada ushbu maqsadlarga erishish uchun ishlayotgan yuqori malakali mutaxassislar jamoasi borligini ta’kidlagan.


Tanlangan kalimalar: #Roketsan , #Turkiya

Aloqador xabarlar