Albaniya Bosh vaziri Edi Rama Turkiyaga tashrif buyurdi

Anqarada Erdo'g'an va Edi Rama raisligida Turkiya-Albaniya Oliy darajali hamkorlik kengashining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi.

2104520
Albaniya Bosh vaziri Edi Rama Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Albaniya Bosh vaziri Edi Rama Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Anqarada Erdo'g'an va Edi Rama raisligida Turkiya-Albaniya Oliy darajali hamkorlik kengashining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Mazkur yig'ilishda Turkiya-Albaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni har sohada yanada chuqurlashtirish uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar ko'zdan kechiriladi.

NATO ittifoqchisi Albaniya bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda tinchlik va barqarorlikni saqlash tushunchasi asosida mintaqaviy va xalqaro o'zgarishlar, ayniqsa Bolqon yarim orolida sodir bo'layotgan voqealar haqida fikr almashiladi.

Tashrif doirasida Turkiya va Albaniya o'rtasida bir qator hujjatlar imzolanadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Edi Rama , #Albaniya

Aloqador xabarlar