Prezident Erdo‘g‘an Qorabog‘dagi tarixiy masaladan keyingi holatga e’tibor qaratdi

Erdo‘g‘an, 7 - fevral kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovi ortidan ilk rasmiy tashrifi munosabati bilan Turkiyaga kelgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

2104483
Prezident Erdo‘g‘an Qorabog‘dagi tarixiy masaladan keyingi holatga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,

“Qorabogʻdagi ishgʻol tugashi bilan mintaqamizda butunlay tinchlik oʻrnatish uchun tarixiy imkoniyatlar darvozasi ochildi”. - dedi.

Erdo‘g‘an, 7 - fevral kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovi ortidan ilk rasmiy tashrifi munosabati bilan Turkiyaga kelgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida:

“(Turkiya - Ozarbayjon) Umumiy savdo hajmimiz o‘tgan yili birinchi marotaba 7,5 milliard dollarga yetdi. Biz rejalashtirgan 15 milliard dollarga ham chiqaramiz”, -  dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Ozarbayjon hay’atining Yevropa kengashi Parlament assambleyasi yig‘ilishlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilinishi masalaida:

“Qaror bekor qilinmagunga qadar Ozarbayjonni qoʻllab - quvvatlashni va tashabbuslarimizni davom ettiramiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an,

“Qorabogʻdagi ishgʻol tugashi bilan mintaqamizda butunlay tinchlik oʻrnatish uchun tarixiy imkoniyatlar darvozasi ochildi. Bu imkon darvozasining bekilmasligi judayam muhimdir”. - deya gapirdi.

Ozarbayjon Prezidenti Aliyev esa, Turkiya bugungi kunda dunyodagi nufuzli davlatlardan biri ekanini ta’kidlab, shunday dedi:

“Ozarbayjon yolgʻiz emasdir. Turkiya Ozarbayjonning yonidadir. Ozarbayjon xalqi Turkiyaning qardoshlik yordamini hech qachon unutmaydi. Bugungi kunda Turkiya dunyodagi nufuzli davlatlardan biridir. Tinchlik kafolatidir. Qorabogʻdagi tarixiy masalamizni hal qildik”.

Aliyev shuningdek,

“Turkiya - Ozarbayjon birligi nafaqat mintaqa, balki Yevrosiyo uchun ham muhimdir. Turk dunyosining birlashishi, mushtarak madaniyatga ega xalqlarning birga boʻlishi, Turkiy Davlatlar Tashkiloti tarkibidagi har bir davlat kuchiga – kuch qoʻshadi”, - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar