Ilhom Aliyev rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi

Ilhom Aliyev, prezidentlik saylovi ortidan ilk rasmiy tashrifi munosabati bilan Turkiyaga keldi.

2104021
Ilhom Aliyev rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 7 - fevral kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovi ortidan ilk rasmiy tashrifi munosabati bilan Turkiyaga keldi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Prezidentimiz hurmatli Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Aliyev, 2024 – yilning 18 – 19 fevrali kunlari yurtimizga rasmiy tashrif uyushtiradi. Ushbu tashrif, Ozarbayjonda 7 – fevral kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovi ortidan hurmatli Aliyevning chet elga boʻlgan ilk rasmiy tashrifidir”. – degan ifodalarga oʻrin berildi.

Bayonotda shuningdek:

“19 - fevral haftaning dushanba kuni boʻlib oʻtuvchi uchrashuvlarda Turkiya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar har tomonlama koʻrib chiqiladi va hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun amalga oshirilishi kerak boʻlgan faoliyatlar qoʻlga olinadi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlardan tashqari, mintaqa va dunyo kun tartibidagi muhim voqealar ustidan ham fikr almashiladi”, - deyildi.



Aloqador xabarlar