Turkiya Iroq shimolida 4 nafar PKK terroristini yo'q qildi

Suriyaning Qamishli shahrida bo’lginchi tashkilotning so’zda yetakchilaridan biri “Sorhin Rojhilat” kod nomi bilan atalgan Fatma Sakana ham yo’q qilindi.

2103270
Turkiya Iroq shimolida 4 nafar PKK terroristini yo'q qildi

Iroq shimolida bo'lginchi terror tashkiloti PKKdan 4 nafar terrorist ta'sirsiz holga keltirildi

Milliy mudofaa vazirligi bayonotida, “Turk askarlari terrorchilarning boʻynida nafas olmoqda.

 Iroq shimolidagi Panja-qulf amaliyoti hududida aniqlangan 4 PKK terrorist yo’q qilindi.

Amaliyotlarimiz mintaqada bitta ham terrorist qolmaguncha qat’iyat bilan davom etadi” dedi.

Suriyaning Qamishli shahrida bo’lginchi tashkilotning so’zda yetakchilaridan biri “Sorhin Rojhilat” kod nomi bilan atalgan Fatma Sakana ham yo’q qilindi.

2006-yilda Erondagi boʻlginchi terror tashkiloti PKK safiga qoʻshilgan Sakana 2010-2012-yillar orasida Shirnak qishlogʻida faoliyat yuritgan. 2012-yil 2-sentabr kuni Shirnakning Beytushshebap tumanida qonli tashkilot 10 askarni shahid qilgan hujumning jinoyatchilaridan  bo’lgan Sakana, Keyinchalik u tashkilotning Suriya va Iroqdagi yetakchilaridan biriga aylandi. Yaqinda Suriyaning Qamishli shahrida joylashgani aniqlangan bo‘lginchi terror tashkilotining yetakchilaridan biri Sakana,  Milliy razvedka tashkiloti (MİT) tomonidan o'tkazilgan nuqta operatsiyasi bilan yo’q qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #MİT , #Fatma Sakana , #Sorhin Rojhilat , #PKK

Aloqador xabarlar