Numan Kurtulmush Gruziya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Parlament binosida bo'lib o'tgan qabul chog'ida, Turkiya-Gruziya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

2103029
Numan Kurtulmush Gruziya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

 

Turkiya Parlamenti raisi Numan Kurtulmush poytaxt Anqarada Gruziya Tashqi ishlar vaziri Ilia Darchiashvilini qabul qildi.

Parlament binosida bo'lib o'tgan qabul chog'ida, Turkiya-Gruziya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

Ikki davlat xalqi o’rtasida azaliy do’stlik borligini ta’kidlagan Numan Kurtulmush, Gruziya Tashqi ishlar vaziri Darchiashvili yetakchiligidagi delegatsiyani Turkiya Parlamentida kutib olganidan mamnunligini bildirdi.

Numan Kurtulmush mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni saqlashning ahamiyatiga ham e'tibor qaratdi.

Gruziya bilan ikki tomonlama aloqalarni parlament darajasida rivojlantirish istagida ekanligini ta'kidlagan Numan Kurtulmush, bu borada Turkiya-Gruziya parlamentlararo do'stlik guruhlari o'rtasidagi aloqa va tashriflarning foydali bo'lishini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar: #Gruziya , #Turkiya , #Numan Kurtulmush

Aloqador xabarlar