Turkiya va Misr munosabatlarida yangi sahifa ochildi

Misr yetakchisi Abdulfattoh as-Sisi bu so'zlarni Erdog’an bilan o’tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida tilga oldi.

2102508
Turkiya va Misr munosabatlarida yangi sahifa ochildi

 

Misr yetakchisi Abdulfattoh as-Sisi “Misr va Turkiya birgalikda harakat qilib, G’azo masalasida yaxshi natijalarga erisha oladi” dedi. 

Sisi bu so'zlarni Erdog’an bilan o’tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida tilga oldi.

Misr prezidenti, Erdo’g’anning o’n yildan ortiq vaqtdan keyin mamlakatga tashrifidan mamnunligini bildirib, “Ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochyabmiz” dedi. 

Erdo'g’an bilan G’azo sektoridagi vaziyatni muhokama qilganini ifoda etgan Sisi, “G’azoda zudlik bilan o’t ochishni to’xtatish va G’arbiy Sohildagi taranglikni tinchlantirish borasida Turkiya Prezidentining fikrlariga qo’shilaman”,-dedi. 

U shuningdek, Turkiya bilan hamkorlikni mustahkamlash jarayoniga to'xtalib, “Yaqin kelajakda Turkiya bilan o'zaro savdo hajmimizni 15 milliard dollarga yetkazishga kelishib oldik",- dedi.

Misr yetakchisining ta'kidlashicha, Erdo'g’an uni Turkiyaga taklif qilgan.

“Prezident Erdo'g’anning aprel oyida Turkiyaga taklifini qabul qilishni intiqlik bilan kutyapman” dedi Misr yetakchisi.

“Misr Turkiyaning Afrikadagi birinchi raqamli savdo sherigi va Turkiya Misr eksporti uchun eng muhim yo’nalishlardan biridir”,-deya ta'kidlagan Sisi, mintaqada faol bo’lgan Turkiya va Misr tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o’ynashi mumkinligini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya , #Misr , #Abdulfattoh As-Sisi

Aloqador xabarlar