Erdo'g'an 12 yil oradan so'ng Misrga tashrif buyurmoqda

Erdo'g’an poytaxt Qohirada Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi bilan uchrashadi.

2101969
Erdo'g'an 12 yil oradan so'ng Misrga tashrif buyurmoqda

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an 12 yil oradan so'ng bugun Misrga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

Erdo'g’an poytaxt Qohirada Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi bilan uchrashadi.

Uchrashuvning asosiy kun tartibi Turkiya va Misr o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratiladi.

Uchrashuv va muzokaralarda yuqori darajadagi ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlarini jonlantirish doirasida tashlanadigan qadamlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, savdo, mudofaa, energetika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik imkoniyatlari ko'zdan kechiriladi.

Muzokaralarda dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Isroilning Falastinga sodir etayotgan hujumlari ham muhokama qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Misr , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar