Erdo'g'an Qohirada tantanali marosim bilan kutib olindi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an 12 yil oradan so'ng bugun Misrga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

2102374
Erdo'g'an Qohirada tantanali marosim bilan kutib olindi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an 12 yil oradan so'ng bugun Misrga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Oliy martabali mehmon Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi tomonidan poytaxt Qohiradagi Ittihodiya saroyida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Misr va Turkiya bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Uchrashuvning asosiy kun tartibi Turkiya va Misr o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Uchrashuv va muzokaralarda yuqori darajadagi ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlarini jonlantirish doirasida tashlanadigan qadamlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, savdo, mudofaa, energetika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik imkoniyatlari ko'zdan kechiriladi. Muzokaralarda dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Isroilning Falastinga sodir etayotgan hujumlari ham muhokama qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Misr , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar