Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklariga jo’nab ketdi

Erdo'g'an tashrif doirasida mamlakat prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashadi.

2101339
Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklariga jo’nab ketdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga jo’nab ketdi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Erdo'g'an tashrif doirasida Dubayda “Kelajak hukumatlarini shakllantirish” mavzusida o’tkaziladigan Jahon hukumatlar sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, nutq so'zlaydi.

Erdo'g'an shuningdek, bir qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazishi rejalangan. Jumladan, mamlakat prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan kelgan hamkasblari bilan uchrashadi.

Qohiraga tashrifi chog'ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va yuqori darajadagi hamkorlik mexanizmlarini jonlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Uchrashuvlar chog'ida dolzarb global va mintaqaviy muammolar, ayniqsa Isroilning G'azo va ishg'ol ostidagi Falastin hududiga hujumlarini to'xtatish haqida fikr almashiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar