Yashar Guler rasmiy tashrif bilan Iroqda

Mudofaa vaziri Yashar Guler rasmiy tashrif bilan Iroqda.

2098656
Yashar Guler rasmiy tashrif bilan Iroqda

Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler, Bosh shtab rahbari general Metin Gurak hamrohligida rasmiy tashrif bilan Iroqda.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, Yashar Guler Iroqda eng avvalo Prezident Abdulatif Muhammad Jamol Rashid tomonidan qabul qilindi. Ortidan esa Iroq Bosh vaziri Muhammad Shiya Sabbar Hatim as - Sudaniy bilan uchrashdi.

Keyinchalik Iroq Mudofaa vazirligiga borgan Guler, iroqlik kasbdoshi Sabit Muhammad Said Riza al - Abbosiy tomonidan harbiy marosim bilan kutib olindi.

Har ikki vazir oʻzaro va hay’atlararo uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yashar Gulerning Bagʻdoddagi uchrashuvlari davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Yashar Guler , #rasmiy tashrif

Aloqador xabarlar