Turkiya mudofaa vaziri Yashar Guler Iroq prezidenti tomonidan qabul qilindi

Bo'lib o'tgan uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

2098591
Turkiya mudofaa vaziri Yashar Guler Iroq prezidenti tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya Mudofaa vaziri Yashar Guler Iroq Bosh vaziri Muhammad Shiya Sabbar Hatim As-Sudaniy tomonidan qabul qilindi.

Bu haqda Iroq bosh vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, uchrashuvda ikki qo'shni davlat o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va ikki davlat xavfsizligi va barqarorligiga hissa qo'shadigan hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi.

Iroq Bosh vaziri Sudaniy, “Iroq va Turkiyaning xavfsizligi qo’shni davlatlarning xavfsizligi kabi bir-biriga bog’langan” dedi.

U shuningdek, bu tashrif xavfsizlik va barqarorlikni qo’llab-quvvatlash sohasida ikki davlat o’rtasida koordinatsiyani ta'minlashga hizmat qilishini aytdi.

Yashar Guler boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Ichki ishlar vaziri Abdulemir Komil Shammariy bilan uchrashdi.

Bo'lib o'tgan uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yashar Guler Iroq Prezidenti Abdullatif Muhammad Jamol Rashid tomonidan ham qabul qilindi.

Turkiya delegatsiyasi Bag’dodga tashrifini yakunlab, Erbilga yo’l oldi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Yashar Guler , #Turkiya

Aloqador xabarlar