Hakan Fidan Maltaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda

Hakan Fidan bugun va ertaga Maltaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.

2097910
Hakan Fidan Maltaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, 5 - 6 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Maltada bo‘ladi.

Tashqi Ishlar vazirligi, Fidanning rasmiy tashrifi haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Unda, Tashqi Ishlar vaziri Fidanning 5 – 6 fevral kunlari Maltaga rasmiy tashrif uyushtirishi va unda o‘zaro munosabatlardan tashqari Turkiya – Yevropa ittifoqi munosabatlari va mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalalar ustidan fikr almashishi ifoda etildi.

Bayonotda shuningdek, Hakan Fidanning mazkur tashrifi doirasida Prezident George Vella va Bosh vazir Robert Abela tomonidan qabul qilinishi, Malta Tashqi Ishlar vaziri Ian Borg bilan uchrashishi bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Malta , #rasmiy tashrif

Aloqador xabarlar