Blinken Erdo‘g‘anning Shvesiyaning NATO a’zoligini ma’qullaganini olqishladi
“Biz Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an tomonidan Shvesiya uchun ratifikasiya protokoli imzolanishini olqishlaymiz" deydi Blinken ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Erdo‘g‘anning Shvesiyaning NATO a’zoligini ma’qullaganini olqishladi.
Bu haqda Blinken ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida yozgan.
“Biz Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an tomonidan Shvesiya uchun ratifikasiya protokoli imzolanishini olqishlaymiz. Biz hujjatlarni Vashingtonda qabul qilishni va Shvesiyani NATOning 32-ittifoqchisi sifatida kutib olishni intiqlik bilan kutamiz. Shvesiya va Alyans birgalikda kuchliroq”, dedi Blinken.
Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning Shvesiyaning NATOga a’zoligini ratifikasiya qilishini rasman ma’qullagan edi. Hujjat hukumatning “Resmi Gazete” gazetasida e'lon qilindi.
Aloqador xabarlar
Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi
TBMM raisi Numan Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi.