Bayden Kongressdan Turkiyaga F-16 sotishni ma’qullashini so‘radi

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kongressga maktub yo‘llab, Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlari sotishni ma’qullashini so‘radi.

2093399
Bayden Kongressdan Turkiyaga F-16 sotishni ma’qullashini so‘radi

 

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kongressga maktub yo‘llab, Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlari sotishni ma’qullashini so‘radi.

Maktubda Turkiya Shvetsiyaning NATOga a’zolik arizasini ratifikatsiya qilishi yakunlanishi bilan Turkiyaga qiruvchi samolyotlarni sotishga ruxsat berish ko‘zda tutilgani qayd etilgan.

Agentlikka ushbu maktubdan xabardor to‘rtta manbaning aytishicha, Jo Bayden F-16 qiruvchi samolyotlarini va ular uchun modernizatsiya to‘plamlarini 20 mlrd dollarga sotilishini ham qistirib o‘tgan. Biroq qiruvchilarning soni ochiqlanmagan. 

Ma’lumot uchun, Turkiya 2021 yil oktyabr oyida 20 mlrd dollarlik Lockheed Martin F-16 samolyotlari va mavjud qiruvchilari uchun 80 ga yaqin modernizatsiya to‘plamlarini sotib olmoqchiligini bildirgan.

Ayni paytda AQSH Davlat departamenti ham Turkiyani Shvetsiya arizasini imkon qadar tezroq ratifikatsiya qilishga chaqiryapti.

Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Vedant Patel esa Kongress Turkiyaga qurol sotilishini rasman xabar qilmaguncha, bu haqdagi yangilikni tasdiqlashdan bosh tortgan.

Eslatish joizki, 23 yanvar kuni Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ratifikatsiya qilishni ma’qulladi.

 Ovoz berish jarayonida mamlakat parlamentidagi 346 deputatdan 287 nafari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, 55 nafari qarshi chiqqan, to‘rt nafari esa betaraf qolgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #F-16 , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar