Turkiya bilan BAAning energetika sohasidagi hamkorlik yoʻl xaritasi muhokama qilindi

Alparslan Bayraktar bilan Muhammad Hasan as – Suvaydiy, energetika sohasidagi hamkorlik yoʻl xaritasini muhokama qildi.

2092339
Turkiya bilan BAAning energetika sohasidagi hamkorlik yoʻl xaritasi muhokama qilindi

Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) sarmoya vaziri Muhammad Hasan as - Suvaydiy bilan energetika sohasidagi hamkorlik yoʻl xaritasini muhokama qildi.

Bayraktar «X» ijtimoiy tarmoq hisobi orqali, as - Suvaydiy bilan poytaxt Anqarada uchrashganini bildirdi.

Alparslan Bayraktar unda shuningdek,

“Uchrashuvimizda oʻtgan yili ikki davlat oʻrtasida imzolangan energetika shartnomalarini konkretlashtirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan yoʻl xaritasini muhokama qildik. Energetika sohasidagi yangi loyihalar bilan aloqalarimizni mustahkamlaymiz. Birgalikda mintaqaviy hamkorligimizni yanada rivojlantiramiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar