Prezident Erdog’an Xalqaro Demokratik Ittifoq Kongressiga videomurojaat yo’lladi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Yevropada irqchilik va Islomga dushmanlik kuchaygan bu davrda Yevropalik turklarni hamjihatlikda harakat qilishga chaqirdi. Erdog’an Germaniyada bo’lib o’tgan Xalqaro Demokratik Ittifoq Kongressiga videomurojaat yo’lladi.

2091201

Murojaatida u “Evropada islomofobiyadan tortib madaniy irqchilikka qadar koʻplab tahdidlar kuchayayotgan bir paytda.

Ittifoqimizning asosiy burchi, demokratiya va huquqdan chetga chiqmagan holda Yevropa turklarining huquq va manfaatlarini oxirigacha himoya qilishdir” dedi. Erdo‘g‘an shunday dedi:Bunga erishishning yo'li, bu kurashni boshqa turk nodavlat tashkilotlari bilan birgalikda qonun va tartib doirasida yangi media vositalaridan foydalanib, qat'iyat bilan olib borish ekanligini bildirdi.

Yevropadagi turklar siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy hayotda ko'proq ishtirok etishni kutayotganliklarini ta'kidlagan Erdo'g'an: “Buni hech qachon unutmang. Assimilyatsiyaga qarshi eng katta qurolimiz kelajagimiz garovi bo‘lgan farzandlarimizga ona tilini o‘rgatishdir. Ularning madaniyati va sivilizatsiya qadriyatlarini o'rgatish. “Xalqaro demokratlar ittifoqi ikkilanmasdan, bu masala boʻyicha zarur choralarni koʻrishda davom etishiga shubham yoʻq”. dedi. Prezident, Turkiya sifatida oxirgi 20 yildan beri bo’lgani kabi bu mazmunli va muhim kurashda Yevropadagi turklarning yonida bo’lishda davom etishlarini bildirdi.

Aloqador xabarlar