Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Ugandaga tashrif buyurdi

Jevdet Yilmaz tashrif doirasida poytaxt Kampaladagi Turkiya elchixonasida turk ishbilarmonlari bilan uchrashdi.

2090722
Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Ugandaga tashrif buyurdi

 

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Ugandaga tashrif buyurdi.

Jevdet Yilmaz tashrif doirasida poytaxt Kampaladagi Turkiya elchixonasida turk ishbilarmonlari bilan uchrashdi.

Yilmaz uchrashuvda Turkiyaning Uganda bilan mustahkam aloqalari tufayli Kampalada bo’lib o’tgan Qo’shilmaslik Harakati Davlat va Hukumat rahbarlari sammitiga mehmon davlat sifatida taklif qilinganligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Prezident Erdo’g’anning 2016 yili Ugandaga tashrifidan keyin ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda jiddiy o’zgarishlar yuz berganini qayd etdi.

"Biznes dunyosi, ayniqsa infratuzilma qurilishi bo'yicha muhim loyihalarni amalga oshirdi. So'nggi paytlarda yana muhim o’zgarishlar kuzatilmoqda. Umid qilamanki, bular amalga oshadi. Ikki davlat o'rtasidagi savdo hajmini mustahkamlaymiz. Umid qilamizki, Tashqi ishlar vazirligimiz investitsiyalarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va osonlashtirish bo‘yicha kelishuvlarni yakunlaydi”, deydi Turkiya vitse-prezidenti.

Ikki davlat o'rtasidagi aloqalar yuqori darajadagi o'zaro tashriflar bilan yanada jadal rivojlanishini aytgan Jevdet Yilmaz, "Bu yerda investorlarimiz zimmasiga katta mas’uliyat yuklatiladi. Davlat va hukumat sifatidagi burchimiz kelishuvlar va siyosiy aloqalar orqali munosib muhitni ta’minlash va munosib muhit yaratishdir. Aslida, siz haqiqiy ishni qilasiz va munosabatlarni rivojlantirasiz",- dedi.

Vitse-prezident shuningdek, Ugandada faoliyat yuritayotgan turk ishbilarmonlarining muammo va talablarini ham tingladi.


Tanlangan kalimalar: #Uganda , #Turkiya , #Jevdet Yilmaz

Aloqador xabarlar