Fidan: Pokiston va Eron o‘rtasidagi keskinlik avj olishini istamaymiz

Rasmiy tashrif bilan Iordaniyaga borgan Hakan Fidan poytaxt Ammanda Tashqi Ishlar vaziri Ayman Safadiy bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

2090487
Fidan: Pokiston va Eron o‘rtasidagi keskinlik avj olishini istamaymiz

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan,

“Pokiston va Eron o‘rtasidagi keskinlik avj olishini istamaymiz. Bu borada o‘z burchimizni bajarishga tayyormiz”, — dedi.

Rasmiy tashrif bilan Iordaniyaga borgan Hakan Fidan poytaxt Ammanda Tashqi Ishlar vaziri Ayman Safadiy bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Pokistonlik va eronlik hamkasblari Jalil Abbos Jiloniy va Husayn Amir Abdullohiyon bilan mintaqadagi oxirgi vaziyatlar haqida telefon orqali gaplashganini ifoda etgan Fidan, mintaqada yangi muammolar chiqmasligiga e’tibor qaratib, har ikki tomonni ham mo’tadillikka chaqirganini bildirdi.

Jiloniy bilan Abdullohiyonning ham uchrashuv chog‘ida keskinlik avj olishini istamasliklarini ifoda etganliklarini qayd etgan Tashqi Ishlar vaziri:

“Pokiston bilan Eron o‘rtasida keskinlik avj olishini istamaymiz. Bu borada o‘z burchimizni bajarishga tayyormiz”, — deya gapirdi.

Kecha ertalab Eronning Pokiston ichidagi ba’zi nuqtalarga qarshi uyushtirgan hujumlariga javoban bugun ertalab Pokistonning Eron ichidagi nuqtalarga qarshi uyushtirgan havo hujumlarida ikki mamlakat o‘rtasida taranglik qayd etilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Iordaniya , #Eron , #Pokiston

Aloqador xabarlar