Hakan Fidan Tojikiston prezidenti tomonidan qabul qilindi

Muzokaralarda Turkiya-Tojikiston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, ko‘p tomonlama platformalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

2086930
Hakan Fidan Tojikiston prezidenti tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Qirg’izistonga tashrifini yakunlab, Tojikistonga jo’nab ketdi. Hakan Fidan poytaxt Dushanbeda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.

Vazir Hakan Fidan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'anning cheksiz salomini yetkazib, Prezidentning bu yil Tojikistonga tashrif buyurishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Bo’lib o’tgan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Tojikiston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, ko‘p tomonlama platformalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

"Umid qilamizki, mart oyida Tojikiston va Qirg'iziston chegarasidagi kelishmovchiliklarga rasman chek qo'yiladi. Ular mintaqaga xavfsizlik va barqarorlik nuqtai nazaridan muhim qadam bo’lib hisoblanadi",-deydi Hakan Fidan uchrashuv yakunlari bo’yicha o’tkazilgan qo’shma matbuot anjumanida.

Uning aytishicha, uchrashuvlarda Tojikistonning Afg‘oniston bo‘yicha qarashlari ham ko’zdan kechirilgan.

“Turkiya sifatida mintaqa davlatlari bilan hamkorligimiz, ayniqsa bu yerda barqarorlikni ta’minlash borasida yaqindan davom etmoqda”, deydi Hakan Fidan.

Tojikiston ham mintaqadagi barqarorlikka ahamiyat berganiga diqqat qaratgan tashqi ishlar vaziri, ikki tomonlama uchrashuvlarda chegara xavfsizligi va terrorizmga qarshi kurash masalalari muhokama qilinganini bildirdi.

Fidan Turkiya va Tojikiston xavfsizlik bo'linmalari radikal tashkilotlarga qarshi kurashda hamkorlik qilishini va bu doirada bir mexanizm mavjudligini aytdi.

"Biz bu mexanizmni yanada rivojlantirish bo’yicha qat’iy irodaga egamiz" deydi u.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri shuningdek, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan ham uchrashuv amalga oshirib, 2024-yilga mo'ljallangan rejalarni ko'rib chiqdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Tojikiston , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar