Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Tojikistonga tashrif buyurdi

Hakan Fidan poytaxt Dushanbeda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.

2086757
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Tojikistonga tashrif buyurdi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Qirg’izistonga tashrifini yakunlab, Tojikistonga jo’nab ketdi. Hakan Fidan poytaxt Dushanbeda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri shuningdek, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.

Uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Tojikiston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, ko‘p tomonlama platformalardagi hamkorlik, shuningdek, ikki davlatga taalluqli mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.


Tanlangan kalimalar: #Tojikiston , #Hakan Fidan , #Turkiya

Aloqador xabarlar