Erdo‘g‘an AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashib, Yaqin Sharq va Ukrainadagi mojarolarni muhokama qildi.

2085474
Erdo‘g‘an AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi

 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashib, Yaqin Sharq va Ukrainadagi mojarolarni muhokama qildi.

Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller ma’lum qildi.

"Kotib mojaro tarqalishining oldini olish, garovga olinganlarni ozod qilish, gumanitar yordamni kengaytirish va qurbonlarni kamaytirish, shuningdek, Isroil xavfsizligini ta’minlaydigan va Falastin davlati barpo etilishiga yordam beradigan kengroq, uzoq muddatli mintaqaviy tinchlikka erishish zarurligini bildirdi”, degan Miller o‘z bayonotida.

Shuningdek, Blinken va Erdo‘g‘an Yevropa xavfsizligi masalalarini ham muhokama qilgan. Ukrainadan tashqari, ular Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishini yakunlash, AQSH va Turkiya o‘rtasidagi savdo va sarmoyani kuchaytirishni kelishib olgan va Blinken tashrifni yakunlab, Gretsiyaga uchib ketgan.

Avvalroq Blinken Istanbulda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan ham uchrashib, Turkiya parlamentida ko‘rib chiqilayotgan Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasi, AQSHning Anqaraga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishi, turk-yunon munosabatlarini normallashtirish, shuningdek, Erdo‘g‘anning AQSHga ehtimoliy tashrifi mavzularini muhokama qilgandi.

Ma’lumot uchun, Blinken Isroil, Turkiya va bir qancha arab davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirgan holda 4 yanvar kuni Yaqin Sharq safariga otlandi.

Qayd etilishicha, Blinken G‘arbiy Sohil, Isroil, Iordaniya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan Yaqin Sharq mojarosini hal qilishni muhokama qilmoqchi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Entoni Blinken , #Turkiya

Aloqador xabarlar