Qizilchubuk cho‘qqisida Sarikamish harakati shahidlari yodga olindi

Sarikamish harakati munosabati bilan uyushtirilgan tadbir, 100 metr uzunligidagi Turk bayrog‘i bilan bezatildi.

2085276
Qizilchubuk cho‘qqisida Sarikamish harakati shahidlari yodga olindi
sarikamis harekati yuruyus1.jpg
sarikamis harekati yuruyus.jpg

Sarikamish harakati munosabati bilan uyushtirilgan tadbir, 100 metr uzunligidagi Turk bayrog‘i bilan bezatildi.

Turkiyaning Kars viloyatiga qarashli Sarikamish tumanida, Sarikamish harakatining 109 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirlari doirasida yurish uyushtirildi.

Anvar posho qo‘mondonligidagi O‘smon armiyasi tomonidan Birinchi jahon urushida rus ishg‘oli ostidagi hududlarni qutqarish maqsadida boshlatilgan Sarikamish harakatining 109 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda Yoshlar va sport vaziri O‘sman Ashkin Bak, Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktash, Kars gubernatori va shahar munitsipaliteti vakili Ziya Po‘lat va ko‘plab siyosatchilar bilan byurokratlar ishtirok etdilar.

Mamlakatdan va chet eldan kelib mazkur tadbirda ishtirok etgan ko‘plab yoshlar suvoq havo sharoitiga qaramay erta tongdan boshlab, Turkiya hududi va shahidlarini ulug‘lagan mazmundagi shirolar bilan Sog‘anli va Olloxu akbar tog‘lari orasidagi Qizilchubuk cho‘qqisiga qadar bordilar.

Qo‘llariga Turk bayroqlarini olgan minglab kishi, cho‘qqida Qur’on – i Karim o‘qib, takbir va salovotlar aytib, duolar qilgach «Oy - yulduzli» marosim maydoni tomon yo‘l oldilar.

Mazkur tadbir, 100 metr uzunligidagi Turk bayrog‘i bilan bezatildi.



Aloqador xabarlar