Fidan bilan Blinken G‘azodagi oxirgi vaziyatni ham qo‘lga oldi

Hakan Fidan bilan Entoni Blinken Istanbuldagi Vaxdettin ko‘shkida uchrashuv o‘tkazdi.

2085232
Fidan bilan Blinken G‘azodagi oxirgi vaziyatni ham qo‘lga oldi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinkenga, Turkiyaning F - 16 sotib olish jarayonining tamomlanishini kutayotganini ta’kidladi.

Kecha Hakan Fidan bilan Entoni Blinken Istanbuldagi Vaxdettin ko‘shkida uchrashar ekan unda, Turkiya - AQSh o‘rtasidagi aloqalarni har jihatdan qo‘lga oldi.

Hakan Fidan Blinkenga, Turkiya F - 16 sotib olish jarayoni tamomlanishini kutayotganiniga e’tibor qaratib, Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirishi bilan bog‘liq yakuniy qaror Turkiya Buyuk Millat Majlisiga oid ekanini qayd etdi.

Ikkala vazir G‘azoda davom etayotgan insoniy fojiani ham baholadi.

Isroilning avj olgan hujumlari butun mintaqa uchun tahdid ekaniga e’tibor qaratgan Hakan Fidan, zudlik bilan sulh e’lon qilinishi va G‘azoga uzluksiz insonparvarlik yordam yetkazib berilishi kerakligini ta’kidlab, muammoni ikki davlat asosida hal qilinishi uchun imkon qadar tezroq muzokara boshlanishi kerakligini qayd etdi.

Hakan Fidan Turkiya Qora dengizda taranglik qayd etilishini xohlamasligi va Rossiya bilan Ukrainada ishlab chiqarilgan oziq - ovqat mahsulotlarining xavfsiz ravishda jahon bozorlariga yetkazib berilishini ta’minlash uchun bor kuchi bilan kurashayotganiga ham to‘xtaldi.

Uchrashuvda Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi muzokaralar hamda Suriya va Iroq kabi mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.

 



Aloqador xabarlar