Entoni Blinken bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Turkiyaga tashrifidan maqsad G‘azo sektoridagi vaziyat va umuman mojaro yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘ladi.

2084583
Entoni Blinken bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Turkiyaga tashrifidan maqsad G‘azo sektoridagi vaziyat va umuman mojaro yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘ladi.

Bu haqda Turkiyadagi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining rasmiy vakili Omer Chelik ma'lum qildi.

“G‘azo masalalari bo‘yicha yaqin maslahatlashuvlarni davom ettirish kerak. U yerda vaziyat yomonlashmoqda, urush cho‘zilib bormoqda. Batafsil muhokama qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab masalalar bor. Va, albatta, Davlat departamenti rahbari bu masalalarni muhokama qilish uchun tez-tez tashrif buyurishi kerak bo‘lgan davlat Turkiyadir. Men buni Rossiya-Ukraina mojarosi bilan bog‘liq vaziyatda payqadim. Germaniya va Yevropa Ittifoqi harbiy komponentni bevosita baholashdan tashqari, kuchli diplomatik mexanizmni yarata olmadi. Ular Prezidentimiz bilan shunday aloqa liniyasini yaratishi kerak edi”, deydi Chelik. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil va G‘azo o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liq vaziyatda har ikki urishayotgan tomon bilan aloqa qila oladigan davlat sifatida Turkiya rahbariyati bilan diplomatik kanal yaratish zarur. 

“Afsuski, AQSH ham, Yevropa Ittifoqi ham hozirgi inqirozlarda yetarlicha diplomatik malakani namoyish eta olmayapti”, deb qo‘shimcha qilgan partiya vakili.

Blinken bugun, 5 yanvar kuni kechqurun Turkiyaga yetib borishi kerak. U 6 dekabr kuni Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashadi va Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilinishi mumkin. Tomonlar Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun arizasi, Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish, Egey dengizidagi kuch muvozanati va harbiy mavjudlik muammolarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Eslatma: O‘tgan yilning noyabr oyida Blinken Turkiyaga tashrif buyurganida u sovuq kutib olingandi. 


Tanlangan kalimalar: #Entoni Blinken , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar