Fidan bilan Blinken Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish jarayonini qo‘lga oldi

Hakan Fidan bilan Entoni Blinken telefon orqali muloqot qildi.

2081577
Fidan bilan Blinken Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish jarayonini qo‘lga oldi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Blinkenning iltimosiga binoan bo‘lib o‘tgan muloqotda Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish jarayoni qo‘lga olindi.

Tashqi Ishlar vaziri Fidan Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Tashqi ishlar komissiyasi tomonidan kecha qabul qilingan qarorga e’tibor qaratib, Shvetsiyaning NATOga a'zoligi ustidan olib borilgan jarayonning Turkiya Buyuk Millat Majlisida davom etganini bildirdi.

Hakan Fidan F - 16 samolyotlari xaridi haqida esa, AQSh yetakchiligi bilan AQSh Kongressining ittifoq ruhiga munosib harakat qilishlari va o‘rtaga qo‘yilgan shartlar bajarilishi kutilayotganini ifoda etdi.

G‘azodagi oxirgi vaziyatlar ham qo‘lga olingan yig‘ilishda Tashqi Ishlar vaziri Fidan, G‘azoda eng qisqa vaqt ichida sulh e’lon qilinishi va butunlay tinchlik muzokaralarining boshlanishi kerakligini yodga soldi.

Uchrashuvda Kipr masalasi ham kun tartibiga olib chiqildi.

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Shvetsiya , #Hakan Fidan , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar