Prezident Erdo‘g‘an Vengriyaga tashrif uyushtiradi

Prezident Erdo‘g‘an bugun Vengriyaga tashrif uyushtiradi.

2077534
Prezident Erdo‘g‘an Vengriyaga tashrif uyushtiradi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bugun Vengriyaga tashrif uyushtiradi.

Erdo‘g‘anning Vengriyaga bo‘lgan tashrifi, ikki davlat o‘rtasida Birinchi Jahon urushidan keyin uzilgan diplomatik aloqalarni qayta tiklash maqsadida imzolangan «Do‘stlik shartnomasi»ning 100 - yilligiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tashrif chog‘ida ikki tomonlama siyosiy, diplomatik va iqtisodiy munosabatlarning baholanishi kutilmoqda.

Erdo‘g‘an, Vengriya Prezidenti Katalin Novak va Bosh vazir Viktor Orban bilan uchrashadi.

Unda Turkiyaning Yevropa ittifoqi bilan bo‘lgan munosabatlari, G‘azodagi oxirgi vaziyatlar, Turkiya - Vengriya iqtisodiy va siyosiy aloqalarning muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda. Shu doirada, Oliy darajali strategik kengash yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.

Iqtisodiyot, savdo, mudofaa sanoati, energetika va madaniyat sohalariga e’tibor qaratiladigan tashrif davomida, ikki davlat o‘rtasida 16 ta hujjat imzolanishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar