G‘azo masalasida Turkiya mas’uliyat olishga tayyor

Prezident Erdo‘g‘an «TRT World Forum 2023»da nutq so‘zladi.

2074444
G‘azo masalasida Turkiya mas’uliyat olishga tayyor

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,

“Turkiya bundan buyon qon to‘kilmasligi, vayronagarchilik bo‘lmasligi, ko‘z yoshi oqmasligi uchun har qanday mas’uliyatni olishga tayyordir”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an «TRT World Forum 2023»da nutq so‘zladi.

Prezident Erdo‘g‘an unda, 7 - oktabrdan beri Yaqin Sharqda davom etayotgan urush haqida:

“Turkiya bundan buyon qon to‘kilmasligi, vayronagarchilik bo‘lmasligi, ko‘z yoshi oqmasligi uchun har qanday mas’uliyatni olishga tayyordir. Global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdan mas’ul bo‘lgan xalqaro tashkilotlarning muammolarni hal qilish qobiliyati yo‘qligini bugun yana bir bor tushunib yetdik”. – dedi.

Erdo‘g‘an:

“Butunlay tinchlik o‘rnatishda qo‘ldan boy berilgan har lahzaning badalini, olovni avj oldirgan g‘arbliklar emas, afsuski gunohsiz insonlar to‘lamoqda”. – deya gapirdi.

“G‘azoda 70 nafardan ortiq ommaviy axborot vositasi vakili halok bo‘ldi. Dunyo qayerda, qani dunyoning mashhur matbuot organlari? Nima uchun jimjirtlar? Global media – kartellar, G‘azodagi vahshiylikni ko‘rmaslikka olishga, Xamas bahonasi bilan jurnalistlarni nishonga olgan qatliomni qonuniylashtirishga harakat qilmoqdalar”. – degan prezident,

“Hozirda Anado‘lu agentligi (Anadolu ajansı)dan bir shahidimiz bor. Shu yerda ko‘rib turganingizdek yarador, g‘oziy kameramiz bor. Qayerda? G‘azoda? Har kuni bir jurnalist qatl etilmoqda ammo bizga uzoq vaqtdan beri matbuot erkinligi haqida gapirgan tashkilotlarning hech qaysinisining ovozi chiqmayapdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an:

“Barcha vahshiyligiga qaramay, g‘azoliklarning qarshilik ko‘rsatishdagi qaroriga monelik qila olmagan Isroil, ommaviy axborot vositalaridagi targ‘ibot kurashida ham mag‘lub bo‘lmoqda. Har qanday xavfga qaramay G‘azo bilan dunyo o‘rtasida muhim aloqa o‘rnatgan TRT, Anado‘lu agentligi va boshqa media tashkilotlarimizni tabriklayman. TRT, sokin ovozlarni eshittirish va voqealarni ko‘p qirrali ochib berish vazifasini munosib tarzda bajarmoqda”. -  deya gapirdi.

Prezident Erdo‘g‘an,

“(Netanyahu va uning tarafdorlari) bular terrorizmning qog‘irchog‘i sifatida terroristdir va Gaaga sudida mutlaqo sudlanadilar”. – deya gapirdi.

Erdo‘g‘an,

“Isroil zolimligining oldini olmagudek bo‘lsak, dunyoning hech qaysi nuqtasida hech kim o‘zini xavfsiz his qila olmaydi. Chunki pandora qutisi bir marta ochildi”. – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar