AQSh Erdo'g’an va Mitsotakis uchrashuviga munosabat bildirdi

“AQSh Turkiya Prezidenti Erdo'g’an va Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakis o’rtasidagi uchrashuvni katta mamnuniyat bilan kutib oldi”,- deyiladi AQSh Davlat departamenti vakili tomonidan berilgan bayonotda.

2074052
AQSh Erdo'g’an va Mitsotakis uchrashuviga munosabat bildirdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis o'rtasidagi uchrashuvni mamnuniyat bilan qabul qilganini bildirdi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

“AQSh Turkiya Prezidenti Erdo'g’an va Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakis o’rtasidagi uchrashuvni katta mamnuniyat bilan kutib oldi”,- deyiladi bayonotda.

"Qo'shma Shtatlar Gretsiya va Turkiyaning mintaqada tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni ta'minlash uchun birgalikda ishlaydigan barcha darajadagi ikki tomonlama muzokaralarni qo'llab-quvvatlaydi",-deb ilova qilinadi bayonotda.

Prezident Erdo'g’an kecha Afinaga tashrif buyurib, Oliy darajali hamkorlik kengashi doirasida Mitsotakis bilan shartnomalar imzoladi.

Ikki davlat rahbarlari qo'shma matbuot anjumanida muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olganini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gretsiya , #Erdo'g'an , #AQSh

Aloqador xabarlar