Erdo‘g‘an: Egey dengizini tinchlik va hamkorlik dengiziga aylantirmoqchimiz

Bir kunlik tashrif bilan Gretsiya poytaxti Afinaga borgan Prezident Erdo‘g‘an, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

2073931
Erdo‘g‘an: Egey dengizini tinchlik va hamkorlik dengiziga aylantirmoqchimiz

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Egey dengizini tinchlik va hamkorlik dengiziga aylantirmoqchi ekanliklarini qayd etdi.

Bir kunlik tashrif bilan Gretsiya poytaxti Afinaga borgan Prezident Erdo‘g‘an, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan bo‘lgan uchrashuvi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi mavjud muammolarni konstruktiv muloqot, yaxshi qo‘shnichilik va xalqaro huquq doirasida mushtarak sa’y - harakatlar bilan hal qilish umidida ekanliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an, Mitsotakis bilan Egey va Sharqiy O‘rta yer dengizidagi munosabatlar haqida fikr almashganliklarini bildirdi.

Kipr masalasining oroldagi haqiqatlar asosida adolatli va barqaror ravishda butunlay hal qilinishi, barcha mintaqa foydasiga ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Biz Egey dengizini tinchlik va hamkorlik dengiziga aylantirmoqchimiz. Turkiya - Gretsiya sifatida tashlanuvchi mushtarak qadamlarimiz bilan butun dunyoga o‘rnak bo‘lishni istaymiz. Ochig‘i, oramizda hal qilinishi imkonsiz hech qanday muammo yo‘q. Eng muhimi yaxshi niyat bilan ish tutaylik va e’tiborimizni muhim masalaga qarataylik. Dengizdan o‘tib, soyda cho‘kib ketganlardan bo‘lmaylik”. – deya gapirdi.

Terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlikka ham toʻxtalgan Prezident, Lavrion lagerining yopilishi haqida, Gretsiyada terroristlarga boshpana beruvchi shunga oʻxshash lagerlarning ochilmasligi uchun ehtiyot boʻlish zarurligini taʼkidladi.

Ozchiliklarning tinchligi va farovonligini oshirishning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ifoda etgan Erdo‘g‘an, G‘arbiy Frakiyadagi turklarning holati ustidan xalqaro huquq talab qilgan shartlarning bajarilishini kutganliklarini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar