Erdo'g’an Dubayda BAA prezidenti va BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

Uchrashuvda mintaqaviy va global o'zgarishlar hamda G'azodagi so'nggi vaziyat muhokama qilindi.

2071538
Erdo'g’an Dubayda BAA prezidenti va BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazilayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro iqlim sammitida ishtirok etmoqda.

Erdo'g’an sammit o’tkazilayotgan Dubay ko’rgazma markazida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Bin Zayed Al Nahayon va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish tomonidan kutib olindi.

Erdo'g’an sammit doirasidagi ilk uchrashuvini Shotlandiya Bosh vaziri Hamza Yusuf bilan o’tkazdi. Uchrashuvda mintaqaviy va global o'zgarishlar hamda G'azodagi so'nggi vaziyat muhokama qilindi.

Prezident Erdo'g’an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan ham qisqacha suhbatlashdi.

Erdo'g’an sammit doirasida keyinroq Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni bilan uchrashdi.


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar