Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmonni Dubay xalqaro aeroportida BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zayed Al Nahayon kutib oldi.

2071208
Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro iqlim sammitida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo’nab ketdi.

Oliy martabali mehmonni Dubay xalqaro aeroportida BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zayed Al Nahayon kutib oldi.

Ma'lumki, kecha 30-noyabr kuni Dubayda BMT xalqaro iqlim konferensiyasi (COP28) o'z ichiniboshladi. Uning ishida 12-dekabrga qadar 190 dan ortiq mamlakatdan davlat va hukumat rahbarlari, olimlar, fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etadi.

Bu yilgi sammitga Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilmoqda. Asosiy tadbir — 1−2-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Butunjahon iqlim bo‘yicha sammit bo'lib hisoblanadi. Xuddi shu sanalarda Oliy darajadagi Segment sessiyasi rejalashtirilgan. Unda davlat va hukumat rahbarlari o‘z mamlakatlarining iqlim inqirozi bo‘yicha pozitsiyalari to‘g‘risida milliy bayonotlar bilan chiqishadi.

1-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan sessiyada Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an ham ma'ruza qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'gan , #BAA

Aloqador xabarlar