G‘azolik bemorlarni Turkiyaga olib kelish ishlari davom etmoqda

Faxrettin Ko‘ja ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali, g‘azolik bemorlar uchun olib borilayotgan faoliyatlar haqida ma’lumot bo‘lishdi.

2070046
G‘azolik bemorlarni Turkiyaga olib kelish ishlari davom etmoqda

Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Ko‘janing qayd etishicha, bugun G‘azodan yo‘lga chiquvchi bemorlarni Turkiyaga olib kelish faoliyatlari davom etmoqda. Ularning ko‘pchiligi yosh bolalardan iborat.

Faxrettin Ko‘ja ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali, g‘azolik bemorlar uchun olib borilayotgan faoliyatlar haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Ko‘ja mavzu haqida:

“G‘azodagi guruhlarimiz uch hududning ikkitasidagi faoliyatini kecha ertalab tamomladi. Ushbu faoliyatlar natijasiga ko‘ra, dala shifoxonalarimizni qaysi nuqtalarda tashkil etish va tibbiy xizmatlarning infratuzilmasi ustidan qaror qabul qilamiz. Boshqa jihatdan esa, bugun G‘azo chegara darvozasidan bir guruh bemorning Turkiyaga kela olishi uchun kerakli faoliyatlarni davom ettiramiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar