Iroq shimolida 3 nafar turk askari halok bo‘ldi

“Biz qurbonlarning oila a’zolari, qurolli kuchlar va olijanob xalqimizga hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi Turkiya harbiy bosh shtab boshqarmasi bayonotida.

2069230
Iroq shimolida 3 nafar turk askari halok bo‘ldi

 

Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi “Panja-Qulf” operasiyasi hududida 3 nafar askar halok bo‘lganini ma’lum qildi.

“Biz qurbonlarning oila a’zolari, qurolli kuchlar va olijanob xalqimizga hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi Turkiya harbiy bosh shtab boshqarmasi bayonotida.

Turkiya Suriya va Iroq shimolida PKK terror tashkilotining Suriyadagi pozitsiyalariga qarshi operasiyalar o‘tkazmoqda.

Eslatish joizki, 26-noyabr kuni “Panja-qulf” operatsiyasi hududida terroristlar tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida og’ir yaralangan piyoda askar Fevzi Qiziltash shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, olamdan o’tdi.

Avvalroq, vazirlik terror tashkiloti a'zolari tomonidan “Panja-qulf” operatsiyasi hududida uyushtirilgan hujum natijasida piyoda askar kichik zobiti Nejdet Chalish va piyoda askar Emrah Gunduzning shahid bo'lgani, 2 askarning tan jarohati olganini ma'lum qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Panja-Qulf , #Turkiya

Aloqador xabarlar