Altun dezinformatsiyaga qarshi kurashda qarorli ekanliklarini qayd etdi

Faxrettin Altun Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan Istanbulda uyushtirilgan Xalqaro Strategik Aloqa Sammitining (Stratcom Summit'23) yopilish marosimida nutq so‘zladi.

2068863
Altun dezinformatsiyaga qarshi kurashda qarorli ekanliklarini qayd etdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Faxrettin Altun, dezinformatsiyaga qarshi kurashda qarorli ekanliklarini qayd etdi.

Faxrettin Altun Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan Istanbulda uyushtirilgan Xalqaro Strategik Aloqa Sammitining (Stratcom Summit'23) yopilish marosimida nutq so‘zladi.

Sammitda ikki kun davomida butun dunyoga xavf tugʻdirgan gibrid tahdidlarga qarshi qanday qilib, qanday yoʻl va usullar bilan kurashishni muhokama qilganliklarini bildirgan Altun:

“Strategik kommunikatorlar sifatida biz shaxslar, jamiyatlar, madaniyatlar, davlatlar va demokratiyalarni nishonga olgan gibrid tahdidlarga qarshi samarali hamkorlik qilishimiz zarur”. - dedi.

Global adolatsizlikning dezinformatsiya va soxta xabarlar orqali tarqalish ehtimoli yuqori ekanini ta’kidlagan Altun:

“Biz global maydonda tashkillashamiz va samarali muvofiqlashtirish bilan yolg‘on, dezinformatsiya va gibrid tahdidlarga qarshi kurashamiz”. – deya gapirdi.

Isroil zulmining ommaviy axborot vositalari xodimlarini nishonga olib, xalqaro jamoatchilikning toʻgʻri va sogʻlom maʼlumotlar olishiga monelik qilayotgani hamda oʻz zulmatida chiqargan yolgʻon xabarlar bilan haqiqatni bulgʻash va uni noto‘g‘ri koʻrsatishga uringan barcha faoliyatlarini keskin qoralagan Altun, dezinformatsiya va manipulyatsiyaga qarshi kurashda qarorli ekanliklarini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar